• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zomindagi tarixiy obyekt buzilish arafasida (foto)

    Tarixga hurmat shumi? Yoxud o‘z oyog‘iga bolta urish!

    Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar mamlakatimiz iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirish, shu orqali xalqning farovon yashashini ta’minlamoqda. Ayniqsa, yurtimizning barcha hududlarida olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari yurtimiz chiroyiga yana ko‘rk bag‘ishlamoqda.

    ...Ammo, ming afsuski yangi bino va inshootlar qurilishi asnosida xalqimizning necha asrlik boy tarixini va madaniy meros obyektlarini buzib tashlash holatlari tez-tez uchrab turibdi.

    Zomin shahri juda qadim tarixga va boy madaniyatga ega joy hisoblanadi. Manbalardan ushbu shahar uch ming yillik tarixga ega ekanligi ma’lum. “Buyuk ipak yo‘lining” ustida joylashgan, sharq va g‘arbni bog‘lab turgan, yirik karvonsaroylari, bozorlari va ko‘rkam ko‘chalari bo‘lgan ushbu shahar hozirda butun qadimshunos olimlar va sayyohlik tashkilotlarining diqqat markazida.

    Bir vaqtlar butun Osiyoda kuch-qudrati, iqtisodiy salohiyati bilan mashhur bo‘lgan ko‘hna Ustrushona davlatining eng ko‘zga ko‘ringan viloyatlaridan sanalgan, tarixda “Sarsanda”, “Susanda”, “Sabza” nomlari bilan atalgan go‘sha aynan hozirgi Zomin tumanidir.

    Bu hududda juda ko‘plab madaniy, tarixiy va arxeologik qimmatga ega bo‘lgan obyektlar mavjud. Shulardan biri Zomin shaharchasi markazida joylashgan, II jahon urushi qatnashchilari va qahramon askarlar sharafiga bunyod etilgan hozirgi Xotira maydoni, yana ham aniqrog‘i Memorial majmuasidir.

    Aslida bu joyda Memorial qurilmasdan avval ham bir tomoni ko‘hna qabristonga tutash joyda kattagina 1,5 ga hududni o‘z ichiga olgan “Qo‘rg‘ontepa” 120x130 metr balandligi 8-10 metrga teng ikki qavat devor bilan o‘ralgan tarixiy qal’a joylashgan edi. Ushbu memorial Sobiq Sovet Ittifoqi davrida manzilgohda joylashgan tarixiy obyekt — “Qo‘rg‘ontepa” nomi bilan mashhur bo‘lgan qal’a o‘rniga qurilgan. XVIII asrda suratga olinib, katalog qilingan rasmlar bu qo‘rg‘onning chindan qadimiyligini isbotlovchi dalildir. Mazkur Qo‘rg‘on tuproq bilan yopilgan holda “konservatsiya” qilinib, majmuaning timsoli o‘rnatib qo‘yilgan. (Bunga 1866-yilda suratga olingan tarixiy rasmlar nusxasi dalildir.)

    Shahar markazidagi “Qo‘rg‘ontepa” yodgorligi tarixiy arxeologik obyektlardan biri hisoblanadi.  Arxeolog olimlarning tadqiqotlari natijasiga ko‘ra “Qo‘rg‘ontepa” nomi bilan mashhur bu yodgorlik eramizdan avvalgi II asr, eramizning VI-VII va XII asrlarida ko‘hna Zomin shahri (ya’ni O‘rdasi) qoldig‘i hisoblanadi. Ushbu majmua atrofidagi mahalla ham bejizga “Qo‘rg‘on” nomi bilan atalmagan, ushbu nom ham aslida aynan “Qo‘rg‘ontepa” qal’asi nomidan kelib chiqqan. Qadimgi Zomin qal’asi, “Qo‘rg‘ontepa” yodgorligi tumanning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi obyekt sifatida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    Zomin shaharchasi hozirgi kunda zamonaviy shaharlardan biriga aylanib borayapti. Bu borada tadbirkorlik va ekoturizm sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlarga hech kimning qarshiligi yo‘q, aksincha Zomin xalqi bundan juda xursand. Ko‘hna tarixiy obidalar va qadamjolarni, shu bilan birga tarixni o‘zboshimchalik bilan butkul yo‘qotib yuborish o‘z tarixini o‘z qo‘li bilan yo‘q qilish, majoziy ma’noda o‘z oyog‘iga bolta urish, qolaversa mamlakatdagi turizm imkoniyatlarini cheklashga qo‘yilgan to‘siq emasmi...?

    Bu tarixiy madaniy meros obyektida qazishma ishlari asosida xuddi “Afrosiyob” singari kichik shaharcha maqomida dunyo olimlari va turistlar e’tiboriga taqdim etilishi lozim. Ammo ayni vaqtda bu yerda yangi “loyiha” asosida unga putur yetkazilib, tepalik tarixi butunlay yo‘q bo‘lish arafasida turibdi. Yangi “loyiha”da bu tepalik 3—4 metr pasaytirilib, qal’a qismi butkul buzib tashlanib, o‘rnida yangi “Xotira xiyoboni” qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu bilan tarixiy “Qo‘rg‘ontepa” arxeologik obyekti butunlay buzilib, yo‘q bo‘lib ketadi-ku, axir?

    Zotan, hozirgi “Memorial” majmuasi ostidagi o‘sha tarixiy qadimgi Zomin “Qo‘rg‘ontepa” qal’asi tadqiq etilsa, u yerda arxeologik ishlar olib borilsa, sirlari to‘liq ochilmagan ko‘hna Zomin tarixiga oid jumboqlar yechilar edi. Bu bilan mahalliy aholi va sayyohlarni yanada ko‘proq jalb etishga erishish mumkin. Butun boshli “Qo‘rg‘ontepa” qal’asi oyoq osti bo‘lib, yo‘q qilib yuborilishini na tarix kechiradi va na kelajak!

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi “O‘zbekiston shaharsozlik loyihalash va ilmiy tadqiqot instituti” davlat unitar korxonasining 2017-yil 23-oktabrdagi 1-10/3905-sonli xatiga javob tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2017-yil 26-oktabrda “Qo‘rg‘ontepa” qal’asida ya’ni Arxeologik obyekt hududida qurilish, qazish va unga zarar yetkazadigan boshqa ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligini ma’lum qilsa-da “Qo‘rg‘ontepa” qal’asining ustki qismini 3—4 metr pastlatish va “Qo‘rg‘ontepa” qal’asi ustki qismiga yangi xotira majmuasi o‘rnatish takliflari loyihalari tayyorlanib Zomin tumani hokimligiga topshirilgan, bu holatga nima deb baho berish mumkin?

    Moddiy madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari ularda ilmiy arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish, konservatsiyalash, rekonstruksiya, ta’mirlash, hozirgi zamonda to‘laqonli foydalanishga moslashtirishni, shuningdek madaniy meros obyektlari bilan bog‘liq ilmiy va texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini o‘z ichiga olish kerak emasmi?

    Aksincha moddiy madaniy meros obyektini konservatsiyalash — moddiy madaniy meros obyektini mavjud ko‘rinishida asrash, avaylash va uning yo‘qolib ketishining oldini olish maqsadga muvofiq bo‘lmaydimi?

    O‘ylamay aytilgan bir so‘z, o‘ylanmay qilingan bir harakat oqibatida eski Zomin qal’asi “Qo‘rg‘ontepa” madaniy meros obyektining buzilishini qanday tushuntirish mumkin? Mazkur majmuani saqlab qolish maqsadida bir necha bor mahalliy hokimlik vakillariga yozma va og‘zaki tarzda murojaat qildik. Ammo ushbu murojaatlarga  mutasaddi rahbarlarning barchasi “panja ortidan”, e’tiborsizlik bilan qarab kelmoqda. Eng yomoni mutasaddilarning yoki ayrim tashkilot va muassasa rahbarlar o‘z yurtining tarixi va o‘tmishidan so‘zlovchi biron bir tarixiy obyekt haqida tushunchalari yo‘q. Bundan kishining ko‘ngli xijil bo‘ladi. Nahot bu “buza-buz”lar tepasida turgan rahbarlar ota-bobolarimizdan qolgan eski Zomin qal’asi, tarixiy obyekt “Qo‘rg‘ontepa” haqida bilmasa?

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Samarqand arxeologik tadqiqotlar instituti ham ushbu tarixiy “Qo‘rg‘ontepa” obyektida ilmiy tadqiqodlar asosida qazishma ishlari olib borib, ochiq osmon ostidagi muzey qilish taklifi va obyektni asrab qolish haqidagi o‘z fikr va mulohazalarini berdi. “Qo‘rg‘ontepa” arxeologik manzili saqlab qolinib, bu yerda ochiq osmon ostidagi muzey tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Qanchadan-qancha yosh iqtidorli olimlarimiz bor. Ularni ham jalb etgan holda obyekt tarixini chuqurroq o‘rgansak, bu go‘shani barcha mahalliy va chet el sayyohlari e’tiborini tortadigan maskanga aylantirsak maqsadga muvofiq bo‘lardi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan turizmni rivojlantirish, tarixiy va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish to‘g‘risida ko‘plab Qaror va Farmonlar qabul qilingan. Ana shunday bir vaqtda Zominday shahri azimda qolgan yakka-yu yagona tarixiy manbani yo‘q qilish kimga kerak? Agar Zomin tumani turistik maskanga aylantirilsa kelgan xorijiy mehmonlarga nimani ko‘rsatamiz? Tariximiz xaqida nimani ko‘z-ko‘z qilamiz-u, nimamiz bilan maqtanib, g‘ururlanamiz?

    Nimamiz qoldi? Kelayotgan mehmonlar yangi sivilizatsiyani emas, aynan tarixni ko‘rish uchun kelayotganini nahotki, hech kim bilmasa? Sizlardan ushbu masalaga chuqurroq yondashib, amaliy yordam berishingizni so‘rab qolaman!

    Sindor Qoraboyev

    21.02.2018, 09:10   Izoh (0)   36664
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aqto‘bedagi fojia qurbonlarining oilalari uchun tashkil qilingan xayriya aksiyasida 330 mln so‘m yig‘ildi

    21.02.2018, 08:53

    Andijonda tabiiy gaz koni topildi

    21.02.2018, 08:30

    Turkiyada rasman 2,5 ming nafar o‘zbekistonlik ishlamoqda

    21.02.2018, 08:15

    Toshkent viloyatida hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    21.02.2018, 07:53

    Toshkentda xorijlik jangari-terrorchilarni aniqlash masalalari muhokama etiladi

    21.02.2018, 07:13

    Turkiyada Qur’on o‘zbek tiliga tarjima qilindi

    21.02.2018, 06:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Krishtianu Ronaldu farzandlarining onasi Jorjina Rodrigesga turmush qurish taklifini berdi (foto)

    Sport | 12 avgust, 14:25

    Norvegiya Isroilga kiritgan investitsiyalarini qaytarib oladi

    Dunyo | 12 avgust, 14:10

    UFC jangchisi Maykl Peyj Drikus va Chimayev o‘rtasidagi bahsning favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 12 avgust, 13:57

    O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlar tarqatilishi oldi olinadi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 13:45

    Eronda ayol 11 nafar erini o‘ldirganlikda ayblandi

    Dunyo | 12 avgust, 13:19

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.