Meksika poytaxtida 2017-yilgi zilzilalar oqibatida shikast yetgan binolarni tiklash uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi. Bu haqda megapolis hukumati rahbari Migel Anxel Mansera ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bu jarayon besh yildan olti yilgacha bo‘lgan vaqtni talab qiladi. Bu, birinchi navbatda, 1985-yilgacha qurilgan binolarga taalluqli”, — deydi siyosatchi.
2017-yil 7-sentabr va 19-sentabr kungi yer silkinishlari janubiy va markaziy shtatlarda 180 mingdan ortiq uy va kvartiraga shikast yetkazdi. Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatlarini bartaraf etish 2,5 milliard dollardan ortiqqa tushadi.
Izoh (0)