Buxoro shahrining tarixiy markazida havoda muallaq o‘tirgan darvish paydo bo‘ldi. Bu haqda loyiha tashabbuskori — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunday ko‘rinishni qo‘mita raisi Aziz Abduhakimov G‘arbiy Yevropaga safari davomida uchratgan va O‘zbekistonda ham milliylashtirilgan shaklda joriy qilish taklifini bergandi. Taklif birinchi bo‘lib Buxoroda amalga oshirildi.
Selfi tushishni sevadigan sayyohlarni e’tiborsiz qoldirmaydigan ushbu loyiha Buxoroning qadimiy qismida joylashgan obidalarga yanada ko‘proq mehmonlarni jalb qilishga hissa qo‘shishi kutilmoqda. Bu kabi loyihalar O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi turizm markazlarida ham yo‘lga qo‘yiladi.
Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev ham mazkur loyiha bilan tanishtirildi.
Izoh (0)