BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Eronda 66 kishining umriga zomin bo‘lgan aviafalokat yuzasidan hamdardlik bildirdi, deb xabar berdi “TASS”.
Bosh kotib ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Guterrish Isfahon hududida sodir bo‘lgan noxush hodisadan chuqur qayg‘uda. “Bosh kotib halok bo‘lganlar oilasiga, Eron xalqi va hukumatiga chin ko‘ngildan hamdardlik bildiradi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 18-fevral, yakshanba kuni Tehrondan Yasujga parvozni amalga oshirgan ATR-72 samolyoti Isfahonning tog‘li hududida halokatga uchragandi.
Izoh (0)