Xitoyning Shenchjen shahri drift bo‘yicha D1GP chempionati o‘tkazilayotgan vaqtda tashkilotchilar trekning ma’lum qismini qayta qurgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Motor”.
Qayta qurish oqibatida ishtirokchi avtomobillarning aksariyat qismi aynan bir burilishda avtohalokatga uchradi.
Qayd etilishicha, xitoyliklar muyulishlardan biriga asfalt yotqizgan. Bu esa maydonchaning ushbu qismi boshqalariga qaraganda ko‘proq sirpanchiq bo‘lishiga olib kelgan. Shuning uchun haydovchilar avtomobil sirpanishini boshqara olmagan va avtomobillar to‘siqqa borib urilgan.
Izoh (0)