O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Kogon tumanidagi harbiy qismni borib ko‘rdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Shu yerda Shavkat Mirziyoyevga harbiy qismda mudofaa tizimidagi islohotlarning borishi, Buxoro harbiy ma’muriy sektori faoliyati haqida axborot berildi.
“Xalq bilan armiya, mudofaa boshqarmalari bilan hokimlik bir bo‘lishi kerak. Harbiylar yoshlar bilan tez-tez uchrashib turishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishi zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston Prezidenti harbiylarning xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishdi. Askar va ofitserlar bilan suhbatlashdi.
Izoh (0)