General Motors avtomobilsozlik kompaniyasi Janubiy Koreyaning Kunsan shahridagi zavodini may oxiriga qadar yopadi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Kommersant”.
Ma’lum qilinishicha, General Motors Janubiy Koreyadagi korxonaning yopilishini uning so‘nggi uch yil ichida ishlab chiqarish kuchidan yetarlicha foydalanmaganligi bilan izohlagan. Yuqoridagi davr mobaynida atiga 20 foizga yaqin quvvat sarflangan. Amerikaliklar zavodning yopilishiga ketadigan xarajatlarni 850 million dollarga baholadi.
“Bu juda qiyin, biroq Janubiy Koreyadagi faoliyatimizni qayta tashkil etishimizda zarur dastlabki qadam. Og‘ir damlarimizda biz bilan birga bo‘lgan Kunsan va Chonbukdagi xodimlarimizning hamda hukumat vakillarining mehnatini qadrlaymiz”, — deydi Genereal Motors Korea konserni prezidenti Kaer Kazem.
Izoh (0)