Reuters agentligi uchta manbasiga tayanib o‘tgan hafta Suriyada 300 nafar halok bo‘lgan va yaralanganlar haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Agentlikka ko‘ra, ularning barchasi Rossiyaning Kreml bilan bog‘liq allaqanday xususiy harbiy kompaniyasida ishlagan.
Harbiy shifokor ismini oshkor etmaslik sharti bilan agentlikka 100 nafar halok bo‘lgan va 200 nafar yarador haqida ma’lum qilgan. Shifokorning so‘zlariga qaraganda, bu axborotni u o‘tgan hafta Suriyaga yaralanganlar ortidan kelgan reanimatologdan eshitgan.
Reuters’ning 7-fevral kungi janglar ishtirokchilari bilan suhbatlashgan yana bir manbasi halok bo‘lgan 80 dan ortiq rossiyalik xususiy harbiy mutaxassis haqida ma’lum qilgan.
Izoh (0)