13-fevral, seshanba kuni Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi 1175-reysi yo‘lovchilari o‘z hayotidagi eng mudhish voqeani boshdan kechirdi. Gavayiga yo‘l olgan samolyotning dvigateli havoda qulay boshladi. Bu haqda Hawaii News Now xabar bermoqda, deb yozadi “Inform.kz”.
Samolyot Gonolulu aeroportiga qo‘nganligi va hech kimga shikast yetmaganligiga qaramasdan nosoz samolyotda uchgan yo‘lovchilar qattiq qo‘rqqan.
“Samolyot qo‘nishidan 40 daqiqa avval qasirlagan ovoz eshitildi... shundan so‘ng samolyot qo‘rqinchli tebrana boshladi”, — deydi yo‘lovchilardan biri Ellison Sudikal.
Qulagan dvigatel yaqinida o‘tirgan yo‘lovchilar uning suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joyladi.
Hozircha nima yuz berganligi noma’lum, suratlardan dvigatelning obtekateli qulab tushganligi haqida xulosa qilish mumkin.
Havo kemasi bortida 363 nafar yo‘lovchi va o‘n nafar ekipaj a’zosi bo‘lganligini ta’kidlash joiz.
Izoh (0)