Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 11-fevral kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 2632 qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, 29 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 28 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 49 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 52 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 389 ta odam tashish qoidalarini buzish, 221 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 8 ta bo‘ysunmaslik, 1121 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.
Jami 97 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Izoh (0)