Rossiya prezidentligiga nomzod Kseniya Sobchak AQSh prezidenti tomonidan o‘tkaziladigan an’anaviy ibodat nonushtasiga qatnashdi. U o‘zining mazkur tadbirdagi ishtirokini izohlar ekan, uni mutlaqo befoyda va ma’nosiz deb atadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Qiziq bo‘lmagan, ma’nosiz nutqlar. Bu chiqishlarda hech qanday ma’no yo‘q. Odamlar o‘tiribdi, ular hatto bir-biri bilan suhbatlasha olmaydi”, — dedi u ibodat nonushtasi haqida.
Sobchakning ta’kidlashicha, unda ko‘p sonli siyosatchilar ishtirok etganligiga qaramasdan, tadbir muloqot uchun yaxshi maydonchaga aylanmagan.
“Hech narsa anglatmaydigan rasmiy nutqlarning cheksiz oqimi tufayli hech kim bir-biri bilan gaplasha olmaydi”, — deya aniqlik kiritdi u.
Izoh (0)