• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroga kelgan mehmon mehmonxonani o‘mardi

    Joriy yil yanvar oyida Buxoro shahridagi “Buxoronur” xususiy mehmonxonasida ilgari hech kuzatilmagan voqea yuz berdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Xizmat muassasasida bir soatning nari-berisida uning rahbari Shahodat Ochilovaga tegishli 7 million so‘mlik tilla taqinchoq va Farg‘ona viloyatidan sayyohatga kelgan mehmon Xayrulla Sultonov sumkasidan 2,2 million so‘m pul g‘oyib bo‘ldi. Vodiylik mehmon ushbu holat haqida Buxoro shahar ichki ishlar boshqarmasiga yozma murojaat qildi.

    Surishtiruv-tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Nodira nomidagi mahallaning Guliston ko‘chasida yashovchi 36 yoshli Abduvali Abdurahmonov Buxoro shahriga keladi. Bu kimsani qadimiy obidalaru, bu yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari emas, boshqa narsa qiziqtirgan. U kechga yaqin “Buxoronur” mehmonxonasining ikkinchi qavatida joylashadi.

    Odatda, har qanday mehmonxonaga kelgan kishidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. Ma’muriyat shu tartibga muvofiq o‘zini Abduvohid deb tanishtirgan shaxsdan pasporti so‘ralganda, u hozir hujjati yonida emasligi va ertaga albatta taqdim etishini aytadi. Ikkinchi kuni so‘rovga fursat topilmaydi yoki masala unutiladi. Xullas, Abduvali mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tmasdan tunaydi.

    Keyingi kun u shahar kezib, kechki payt yana mehmonxonaga qaytadi. Qarasaki, unga qarama-qarshi xonada farg‘onalik 3 nafar sayyoh joylashgan. Bir oz vaqt o‘tgach, mehmonxona sohibasi hamrohligida vodiylik mehmonlar shaharga chiqishmoqchi bo‘ldi. Qo‘nalg‘a mutasaddisi esa beozorgina bo‘lib ko‘ringan Abduvali Abdurahmonovga agar biror joyga chiqqudek bo‘lsa, mehmonxona eshigi (darvozasi)ni qulflab ketishini tayinlab, ikkinchi zaxira kalitini beradi.

    Kimligi ham noma’lum shaxsga ko‘rsatilgan bunday ishonchu iltifot uning uchun ayni muddao edi. Yolg‘iz o‘zi qolgan mehmon vaqtni boy bermaydi, xonalarni bir amallab ochadi.

    “Buxoronur” sohibasi va mehmonlar qaytib kelganida kirish eshigi qulflangan va Abduvali Abdurahmonov bu yerni allaqachon tark etgan edi. Bu holdan shubhalangan Xayrulla Sultonov xonadagi sumkasini ko‘zdan kechiradi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, pul yo‘q. Mehmonxona sohibasi ham jabrdiyda bo‘lib chiqdi. Uning yashash xonasidagi tilla taqinchoqlar ham yo‘qolgan edi.

    Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan bir necha kunlik tezkor surishtiruv tadbirlari davomida Abduvali Abdurahmonov Toshkent shahrida qo‘lga olindi. Lekin bu orada u 7 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni poytaxtdagi bozorlardan birida 3 million so‘mga sotishga ulgurgan ekan.

    Abduvalining yonidan uning shaxsini tasdiqlovchi biror-bir hujjat topilmadi. Ammo osoyishtalik posbonlari uning kimligi, qilmishlarini aniqladi.

    Abduvali Abdurahmonov muqaddam, ya’ni 2013-yilda o‘zi yashaydigan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida qing‘ir ishga qo‘l urib, unga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha hududiy sud tomonidan 3 yil muddatga axloq tuzatish jazosi tayinlangan ekan. Ammo u jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab, tekin boylik orttirish orzusida yurt kezadi. O‘sha yili Abduvali Farg‘ona viloyatiga yo‘l oladi.

    Niyati buzuqligi ichki ishlar idoralari e’tiboriga tushganda ayonlashdi. Bir necha jinoyatlarni sodir etishda gumonlangan Abduvalining pasporti olib qo‘yildi. O‘zi esa masalaga oydinlik kiritilgunga qadar hududdan chiqib ketmaslik to‘g‘risida tilxat yozdi, lekin qonun talabini buzdi. Shuning uchun ham Jinoyat kodeksining 166- va 168-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblangan Abduvaliga Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan. Buxoroda qilgan o‘g‘riligi uning jinoiy ishlaridagi so‘nggi sahifa bo‘ldi.

    Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati, aniqrog‘i, pasporti bo‘lmagan fuqaroga mehmonxona xizmati ko‘rsatish mumkin emas. Negaki, bundaylar orasida qing‘ir ishga qo‘l urgan va uradigan, qidiruvdagi shubhali shaxslar bo‘lishi mumkin. “Buxoronur”dagi holat bunga misol. Qolaversa, xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida, jumladan, mehmonxonalarda videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishi shart. Afsuski, “Buxoronur”da bunga e’tibor qilinmagan.

    09.02.2018, 21:53   Izoh (0)   32323
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda harakat xavfsizligi oyligi o‘tkazilmoqda (foto)

    09.02.2018, 21:31

    O‘zbekistonda 10-fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi

    09.02.2018, 20:54

    Maktablarning 9—10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tilidagi insholar tanlovi o‘tkazildi

    09.02.2018, 18:38

    Diagramma: O‘zbekistonning so‘nggi 12 yildagi eksport ko‘rsatkichlari

    09.02.2018, 18:28

    Shavkat Mirziyoyev maktab dasturiga shaxmat darsini kiritishni taklif qildi

    09.02.2018, 18:14

    Parkentlik ayol rashk tufayli ovsiniga tan jarohati yetkazdi

    09.02.2018, 18:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” “Leypsig” futbolchisi uchun kurashga kirdi

    Sport | 12 avgust, 09:17

    Turkiyada zilzilada qulagan bino quruvchisi ushlandi

    Dunyo | 12 avgust, 09:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida 700 mingdan ortiq bola 1-sinfga chiqishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 12 avgust, 09:02

    AQSH kannabisni uncha xavfli bo‘lmagan dori turiga kiritadi

    Dunyo | 12 avgust, 08:59

    Sankt-Peterburgda migrantlarga kuryerlik qilish taqiqlandi

    Dunyo | 12 avgust, 08:27

    Braziliya AQSH tarif choralari tufayli JSTga shikoyat kiritdi

    Dunyo | 12 avgust, 00:15

    “Agar men bo‘lmaganimda, Putin hozir hech kim bilan gaplashmasdi ham” — Tramp

    Dunyo | 11 avgust, 23:50

    Boshidan o‘q yegan kolumbiyalik senator vafot etdi

    Dunyo | 11 avgust, 23:40

    AQSH maxfiy xizmati Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Ankorijda bir uyni ijaraga olgan — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 23:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.