Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi 3 nafar farzandli 31 yoshli ayol Nigora (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zidan yoshi katta bo‘lgan ovsini Dilbar bilan janjallashib qoladi, deb yozadi “Telegraf.uz”.
Ovsinlarning o‘rtalaridagi nizo shunchalikka borib yetadiki, ular bir-birlariga jiddiy tan jarohati yetkazadi.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra 46 yoshli Dilbarga tan jarohatlari yetkazilgani aniqlanadi. Parkent tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limida ularga nisbatan jinoyat ishi ochiladi.
Tergov bo‘limi boshlig‘ining ma’lum qilishicha, ovsinlar o‘rtasidagi kelishmovchilik rashk tufayli kelib chiqqan.
“Tumanning mahalla fuqarolar yig‘inida ovsinlarni yarashtirib qo‘yish choralari ko‘rilganiga qaramasdan, ular murosaga kelmagan. Endilikda Nigora o‘zining xatti-harakatlari uchun qonun oldida javob berishi lozim”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)