• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Volvo Group’dagi o‘zbek yigiti: kelajak elektromobillar va ishidan zavq oladigan yoshlarniki

    Volvo kompaniyasida moliyaviy nazorat bo‘limi mutaxassisi lavozimida faoliyat ko‘rsatuvchi Sherzod Jalilov asli samarqandlik, deb yozadi “Xalq so‘zi”. U Samarqanddagi 1-fizika-matematika litseyida tahsil olgan. Litseyni tamomlagach, Toshkent Moliya institutining moliya-iqtisod fakultetida bakalavr darajasini, Polshadagi Vrotslav universitetida esa magistrlik darajasini olgan. U o‘sha yerda o‘qib yurganida o‘z rezyumesini xorij kompaniyasiga jo‘natishga qaror qilgan va Volvo Group kompaniyasiga ishga joylashgan.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    “Dunyoni o‘zgartirishga hissa qo‘shish istagida menga ushbu imkoniyatni taqdim etadigan kompaniyani izlay boshladim. Volvo Group — ayni paytda avtosanoat taraqqiyotida yangi davrni boshlab bergan elektromobillar ishlab chiqarish borasida ish olib borayotgan kam sonli kompaniyalardan biri. Aynan mana shu narsa meni Vrotslav universitetida tahsil olayotgan paytimdayoq o‘z rezyumemni jo‘natishga undadi”, — deydi Jalilov.

    Uning aytishicha, kompaniyadagi bitta bo‘sh o‘ringa 100 dan ortiq nomzod da’vogarlik qilgan.

    “Eng murakkab va hal qiluvchi bosqich bu suhbat edi. Suhbatda ishga qabul qiluvchilarni hayron qoldirish, o‘zingni tabiiy tutgan holda boshqacha fikrlay olishingni ko‘rsatish darkor edi”, — deydi u.

    U hozirda moliyaviy nazorat bo‘limi mutaxassisi hamda Volvo Production System’da fasilititator sifatida faoliyat olib bormoqda.

    “Asosiy vazifam moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va tayyorlash, yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish, Belgiya va Shvetsiya bilan o‘zaro moliyaviy masalalarni hal qilish. Ikkinchi lavozimimda esa statistik ma’lumotlar orqali ishlab chiqarish jarayoni ustidan monitoring va nazorat olib boraman”, — deydi Sherzod Jalilov.

    Uning aytishicha, ish kuni 8 soat bo‘lib, buning ichiga tanaffus va shvedlarning an’anaviy “fika” odati ham kiradi.

    “Fika” — bu shvedlarga xos madaniy xususiyat bo‘lib, hamma qilayotgan ishini bir ozga to‘xtatadi va qahva ichadi. “Fika” paytida ish haqida gapirish mumkin emas. Bu odamlarga miyasiga dam berish va yangi kuch bilan ishlashda davom etishiga yordam beradi”, — deydi Jalilov.

    Sherzodning so‘zlariga ko‘ra, Vrotslav go‘zal va shinam shahar. Shahar Ikkinchi jahon urushiga qadar Germaniyaga qarashli bo‘lgani uchun shaharda nemis arxitekturasiga tez-tez duch kelish mumkin.

    “Meni bu yerdagi aholining kitob o‘qishga qiziqishi hayratga soladi. Parklarda, tramvay, avtobuslarda qo‘lida kitob tutgan odamlarni tez-tez uchratish mumkin. Texnologiyalar asrida bu judayam noyob hodisa hisoblanadi”, — deydi u.

    U tez orada jahonning yetakchi kompaniyalari yonilg‘i bilan yuradigan avtomobillar ishlab chiqarishdan voz kechishiga ishonadi. Shu bois O‘zbekiston ham bugundan elektromobillarni joriy etish uchun sharoit yaratish haqida o‘ylashi kerak. Ishni, masalan, elektrda quvvatlanadigan avtobuslar yuradigan kichik tajribaviy elektr-shaharlar yaratishdan boshlash mumkin.

    Uning fikricha, mahsulotlar sifatini oshirish va yangi g‘oyalar yaratish qobiliyatini rivojlantirish uchun O‘zbekistondagi kompaniyalarda xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish bo‘limlarini tashkil etish lozim. Bu xodimlarning bilimini oshirishga va ularni doimo izlanishga undar ekan. U ishlayotgan kompaniyada Volvo Group University ana shunday faoliyat bilan shug‘ullanadi.

    Bundan tashqari, uning aytishicha, o‘zbek kompaniyalari jahonning yetakchi universitetlaridagi ilmiy laboratoriyalar bilan aloqa o‘rnatsa bu ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini oshirishga, yuzaga kelgan muammolarni yechishda ilmiy yondashuvdan foydalanishga xizmat qiladi.

    Shuningdek, “rahbar va mutaxassis xodim orasidagi lavozimiy masofani qisqartirish kerak. Mutaxassislar — bu yetkazib beruvchilar, mijozlar, mahsulot bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan kishilar. Shunday ekan, rahbariyat va mutaxassis o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lgandagina muammoning asl sababini aniqlash, unga har tomondan razm solish va hamkorlikda qaror qabul qilish mumkin bo‘ladi”, — deydi Jalilov.

    U bugungi yoshlar haqida quyidagicha fikr bildirdi:

    “Menimcha, bugungi yoshlar duch kelayotgan asosiy muammo mavhumlik, o‘ziga ishonmaslik, o‘zlari mashg‘ul bo‘lgan ishga nisbatan mehrning yo‘qligidir. Ish rohat emas, majburiyat bo‘lar ekan, inson maqsadini yo‘qotadi, oqim bo‘ylab suzuvchi qayiqqa aylanadi”.

    Shu sababli u yoshlarga nafaqat zavq bag‘ishlaydigan, balki ularni ertangi kun yanada yaxshi bo‘lishiga ilhomlantiradigan ish topishlarini tiladi.

    “O‘zbekistonga qaytib o‘z yurtingizda faoliyat yuritish rejangiz bormi” degan savolimizga Sherzod Jalilov “Albatta”, deb javob qaytardi.

    U O‘zbekistonga qaytgach, Volvo’da orttirgan tajribasini, korporativ boshqaruv usullarini Vatandagi korxonalarda qo‘llashni niyat qilganini bildirdi.

    Uning ishonishicha, xorijning ilg‘or tajribalarini qo‘llash orqali mahalliy kompaniyalar yangi g‘oyalar yaratadi va rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tariladi.

    Suhbatdosh Dilshodbek Asqarov, “Sputnik” tahririyati.

    08.02.2018, 09:12   Izoh (0)   10662
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sud Moskvada Islom Karimov haykalini o‘rnatish haqidagi referendumni bekor qildi

    08.02.2018, 09:04

    Toshkent shahrida 50 ming so‘mlik pullarni qalbakilashtirish bilan shug‘ullanib kelgan guruh qo‘lga olindi

    08.02.2018, 08:20

    Toshkent shahrida hafta davomida 200 dan oshiq boshpanasiz shaxsga tibbiy yordam ko‘rsatildi

    07.02.2018, 23:33

    “O‘ztransgaz”: 6 milliondan oshiq iste’molchiga gaz yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda

    07.02.2018, 23:08

    Sergelida Yangiyo‘l tuman IIB tomonidan qidiruvga berilgan ayol qo‘lga olindi

    07.02.2018, 22:54

    Toshkent shahrida 6-fevral kuni YHXB xodimlari tomonidan 3400 ta qoidabuzarlik aniqlandi

    07.02.2018, 22:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25

    “Istanbul Rossiya va Ukraina tinchlik muzokaralarining uchinchi raundini o‘tkazishga tayyor” — Turkiya

    Dunyo | 28 iyun, 21:05

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “Mashʼal”ga javobsiz oltita gol urdi

    Sport | 28 iyun, 21:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.