Internet va EFF notijorat fondi asoschilaridan biri Jon Perri Barlou 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Chuqur qayg‘u bilan EFF asoschisi Jon Perri Barlou 7-fevral, chorshanba kuni tongda uyqusida olamdan o‘tganini bildiramiz”, — deyiladi fond xabarida.
Barlou 1990-yili Jon Gilmor va Mitchell Kapor bilan hamkorlikda internet foydalanuvchilari huquq va erkinliklarini ta’minlash, hukumat idoralari va xususiy korporatsiyalar tajovuzidan himoya qilish maqsadida mazkur fondga asos solgandi.
Shuningdek, u AQShning Grateful Dead rok-guruhi ijro etgan bir necha qo‘shiq muallifi sifatida ham tanilgandi.
Izoh (0)