Twitter ijtimoiy tarmog‘i dunyoning yetakchi siyosatchilari akkauntlarini bloklash niyatida emas, deb xabar berdi “Kommersant.ru”.
“Twitter global ijtimoiy munozaralar yuzaga kelishi uchun mavjud. Dunyoning ayrim yetakchilarining jamiyatimizga ta’siri sabab ular ushbu munozarada muhim ahamiyatga ega”, — deyiladi kompaniyaning xabarida.
Ma’lum qilinishicha, siyosatchilarning Twitter’dagi akkauntlarini bloklash yoki tvitlarini o‘chirib tashlash, ularni jim bo‘lishga majbur qila olmaydi, biroq odamlarning buni muhokama qila olmasligiga olib keladi. “Birorta akkaunt Twitter’ning o‘sishiga olib kelmaydi va bizning qarorlarimizga ta’sir ko‘rsatmaydi. Biz bu borada xolis bo‘lib qolish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Gap aynan qaysi siyosatchilarning akkauntlari haqida ketayotgani ochiqlanmadi.
Izoh (0)