Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtati politsiyasi aldov yo‘li bilan o‘z xotinining buyragini sotgan erkakni va uning ukasini hibsga oldi, deb yozadi Hindustan Times. Bu ayol haqiqatni bilib qolib, politsiyaga xabar berganidan keyin sodir bo‘ldi.

Foto: ZumaPress

Foto: ZumaPress

28 yoshli Rita Sarkar ikki yilcha avval qornida og‘riq boshlanganidan keyin eri uni Kalkuttadagi xususiy kasalxonaga olib borgani, u yerda unga “shamollagan ko‘richakni olib tashlash” operatsiyasini qilishganini aytdi.

Ammo shundan keyin ham og‘riq o‘tib ketmagan, balki yanada kuchaygan. Eri esa bo‘lib o‘tgan operatsiya haqida kimgadir aytishni va shifokorga borishni taqiqlab qo‘ygan.

Oxir-oqibat, ayolni ota-onasi tomondan qarindoshlari uch oy ilgari shifoxonaga olib borgan, shunda Ritaning o‘ng buyragi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

“Mening oilam unga yetarlicha sep bermagani uchun, erim buyragimni sotganini tushundim”, — dedi ayol. U eri, qaynog‘asi va qaynonasi ustidan politsiyaga shikoyat qildi. Erkaklar 5-fevral kuni qo‘lga olindi, ammo qaynona qochib qoldi. So‘roqda ular buyrakni bir biznesmenga sotganini tan oldi.

Xabarlarga ko‘ra, 12 yillik turmushi davomida ayolni kam sepi uchun erining qarindoshlari qiyratib va kamsitib kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)