Yaponiyaning yakudza jinoiy to‘dalaridan eng yiriklaridan biri “Kobe Yamaguti-gumi” boshlig‘i Osamu Teraoka davlat texnik ko‘rigidan o‘tganlik haqidagi talonsiz avtomobil boshqargani uchun hibsga olindi. Bu haqda 7-fevral, chorshanba kuni Kyodo agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Bundan tashqari, hibsga olinganga boshqa ayblovlar ham e’lon qilinishi mumkin. Tergov u jinoiy to‘daning Avadzi shahridagi shtab-kvartirasiga allakimlarning tashrif buyurishiga yo‘l qo‘yib sud talabini buzgan deb hisoblamoqda. Sud qarorida binodan majlislar o‘tkazish uchun foydalanish taqiqlangan edi.
Hibsga olish uchun sabab bo‘lgan qoidabuzarlik 23-yanvar kuni sodir etilgan. Yaponiyada bunday yo‘l qoidabuzarligi uchun 300 ming iyen (2,7 ming dollar atrofida) miqdorida jarima yoki olti oygacha qamoq jazosi tahdid qilishi mumkin.
Izoh (0)