Joriy yilning 6-fevral kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 1050 tezkor raqamiga Buxoro shahrida yashovchi fuqarodan 1941-yilda tug‘ilgan qo‘shnisi U.B.ning uyidan baqirib yordam so‘rayotganligi haqida murojaat kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida 3-qavatda joylashgan xonadonning balkoni orqali xonadonga kirib, eshikni ochgan qutqaruvchilar uyning kirish eshigi oldida fuqaro U.B. boshidan jarohatlanib, yiqilib yotganligini ko‘rgan.
Fuqaro U.B.ga birinchi yordam ko‘rsatildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Izoh (0)