Ilk bor Toshkentga olib kelingan jahon kubogi futbol jamoatchiligiga rasman ko‘rsatildi. Tadbirning birinchi qismi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida sport jurnalistlari bilan o‘tkazildi.
Jahon kubogining yurtimizga kelishi tarixiy voqea. Umid qilamizki, kelgusida uni O‘zbekistonga futbolchilarimiz olib kelishadi.Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti
Ahmadjonov jahon kubogini “qo‘riqlayotgan” fransiyalik afsonaviy futbolchi Kristian Karambyoni aeroportda o‘zi kutib olgandi.
Mundial kubogi tarixda ilk bor Toshkentga olib kelindi
Quyoshli O‘zbekistonga jahon kubogini olib kelganimizdan xursandman. Bu voqea futbol muxlislari uchun haqiqiy bayramdir.Kristian Karambyo, jahon yulduzi
Jahon kubogi Coca-Cola Trophy Tour aksiyasi doirasida Markaziy Osiyoga olib kelindi. Kompaniya vakilasi Stoichkovaning aniqlik kiritishicha, bu yil Coca-Cola O‘zbekistonda faoliyatini boshlaganiga 25 yil to‘lgan. Demak, bu tuhfa ramziy ma’noga ega.
Izoh (0)