Har to‘rt yillikning eng yirik futbol musobaqasi — Jahon Chempionati g‘oliblariga topshiriladigan mundial kubogi Toshkentga olib kelindi.

Foto: “Championat.asia”

Coca-Cola Trophy Tour aksiyasi doirasida afsonaviy futbolchilardan biri Kristian Karambyo jahon kubogini O‘zbekistonga olib keldi. Fransiyalik mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov kutib oldi.

Foto: “Championat.asia”

Bugun — 6-fevral kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida mundial sovriniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi va u O‘zbekiston futboli jamoatchiligiga rasman tanishtiriladi.

Foto: “Championat.asia”