Tayvan politsiyasi Gaosyun shahri portidagi reyd davomida baliqchilik kemalarining biridan orol tarixidagi eng yirik narkotiklar partiyasi — 1,3 tonnaga yaqin ketaminni musodara qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Politsiyaga yirik narkosindikat ushbu port orqali narkotiklarni Tayvanga yetkazib bera boshlaganligi haqidagi xabar kelib tushgandan so‘ng ushbu port kuzatuv ostiga olindi. Bortida taqiqlangan moddalar yuki topilgan kema baliq ovlash uchun juda kamdan-kam foydalanilgani uchun politsiya diqqatini o‘ziga tortdi.
O‘tgan dam olish kunlari shubhali kema dengizga chiqdi va portga qaytgandan so‘ng huquq-tartibot organlari tomonidan unda tintuv o‘tkazildi. Tintuv davomida politsiya xodimlari kema sovutkich kamerasi ostiga yashirilgan 126 polietilen paketni topdi. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, qo‘lga olingan narkotiklar partiyasi 100 million dollardan ortiqqa baholandi. Kema kapitani va uning bortidagi besh nafar baliqchi qo‘lga olindi.
Izoh (0)