“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga xalqaro reyslar uchun aviabiletlarni tannarxidan arzonroqqa sotishga ruxsat etildi. Bu “Kirish turizmini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatning yettinchi bandida ta’kidlanishicha, bu reyslar raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Zararni minimallashtirish maqsadida Moliya vazirligiga “O‘zbekiston havo yo‘llari” bilan birgalikda ikki oy muhlatda milliy aviakompaniyani soliq tortish bazasini kichraytirish mexanizmini joriy etish topshirildi.
Izoh (0)