AQShdan Avstraliyaga aviaparvozni amalga oshirgan Boeing Dreamliner 787-9 bir qismini xantal moyi tashkil etgan aralash yoqilg‘idan foydalandi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Bioyoqilg‘i bilan ta’minlangan Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi layneriga Los-Anjelesdan Melburnga yetib borishi uchun 15 soat talab etildi. Ekologik tajriba uchun standart aviakerosinga 10 foiz oddiy xantal moyi qo‘shildi.
Mazkur parvoz chog‘ida atmosferaga is gazi tashlanmasi 7 foizga kamaydi.
Aviakompaniya vakillariga ko‘ra, bioyoqilg‘idan aviaqatnovlar davomida muntazam foydalanilishi bunday tashlanmalar miqdorini 80 foizga kamaytiradi.
Izoh (0)