AQSh hukumati xavfsiz 5G tarmog‘ini yaratish yuzasidan xususiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar dastlabki bosqichda bo‘lib, moliyalashtirish va tarmoq ustidan nazorat bo‘yicha asosiy qarorlar hali qabul qilingani yo‘q. 5G tarmog‘ini yaratish bo‘yicha bir qator kompaniyalar ish olib bormoqda. Ba’zi kompaniyalar tomonidan tarmoqni taqdim etish 2020-yilga mo‘ljallanmoqda.
Vashington 5G bo‘yicha muzokaralarni Yevropa va Osiyodagi kompaniyalar bilan olib bormoqda. Xabar qilinishicha, AQSh Xitoydan himoyalanish uchun milliy mobil tarmoqning bir qismini o‘z nazorati ostiga olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)