Kiyev apellyatsiya sudi Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashviliga kechki payt uyidan chiqishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mazkur chora mahalliy vaqt bilan soat 22:00 dan 07:00 gacha amalda bo‘ladi.
Shu tariqa, apellyatsiya sudi Pechersk tuman sudining Saakashvilini uy qamog‘iga jo‘natishdan bosh tortishini noqonuniy deb topdi va Ukraina bosh prokuraturasining shikoyatini qisman qondirdi.
Saakashvili ushbu qarorni siyosiy faoliyatiga to‘sqinlik qilishga urinish deb baholadi va Pyotr Poroshenkoni hokimiyatdan chetlatish uchun birlashish masalasida boshqa siyosiy kuchlar bilan muzokaralar olib borishini bildirdi.
Izoh (0)