Vashington Ukrainadagi vaziyat tufayli Moskvaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qora ro‘yxatga Rossiya va Ukrainaning (asosan tan olinmagan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalaridan) 21 fuqarosi kiritildi.
Ular orasida Rossiya energetika vaziri o‘rinbosari Andrey Cherezov, vazirlik departament direktori Yevgeniy Grabchak, DXR va LXRning 10 nafar vaziri, shuningdek, Sevastopol rahbari Dmitriy Ovsyannikov bor.
Kompaniyalardan ro‘yxatga “Surgutneftegaz” tizimidagi korxona va tashkilotlar, jumladan, “Surgutneftegazbank”, Kirish neftni qayta ishlash zavodi kiritilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)