Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining yarim final bellashuvlariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, Madridning “Real” klubini turnirdan chiqarib yuborgan “Leganes” final yo‘lida “Sevilya”ga qarshi saf tortadigan bo‘ldi.
Montella boshchilik qilayotgan “Sevilya” yarim finalda Madridning boshqa bir klubi “Atletiko”ni har ikki o‘yinda ham yengishga muvaffaq bo‘lgandi. Endi “Madrid kushandalari” o‘zaro kurash olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Kubokning amaldagi g‘olibi “Barselona” esa amaldagi finalchini turnirdan uchirma qilgan “Valensiya” bilan raqobatga kirishadi. Bellashuvlarning birinchisi 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Takroriy o‘yinlar 7-fevral sanasiga tayin qilingan.
Ispaniya Kubogi Yarim final 31-yanvar, chorshanba
“Barselona” — “Valensiya”“Lagenes” — “Sevilya”
“Barselona” ketma-ket uch mavsum kubokni hech kimga bermadi. 2015-yil “Atletik” finalda 3:1, 2016-yil “Sevilya” 2:0 va 2017-yil “Alaves” 3:1 hisoblarida taslim qilingandi.
Kubokni kema-ket to‘rt marta qo‘lga kiritish hozircha 2 ta klubga nasib qilgan. 1905—1908-yillar oralig‘ida “Real” shunga muvaffaq bo‘lgan. 1930—1933-yillar oralig‘ida esa “Atletik Bilbao” kubokni hech kimga bermagan.
Madridning “Real” klubi ketma-ket uch mavsumdan buyon Ispaniya Qirol Kubogining finaliga yetib kela olmaydi.
Izoh (0)