• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Muhojirlar hayoti. Novosibirskdagi shahrixonlik yigit: “Avvaliga uylanish uchun Rossiyada ishladim. Endi oilamni boqish uchun Rossiyadaman” (video)

    “Daryo” internet-nashri “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlarning fikrlarini e’lon qilib boradi. E’lon qilinayotgan bu fikrlarda mehnat muhojirlari uchun shart-sharoitlar yaratish yo‘lida bugun boshlangan ishlar, o‘zgarishlar uchun taklif o‘laroq jaranglagan izohlar ham yo‘q emas.

    E’lon qilinayotgan ikkinchi monolog — Rossiyaning Novosibirsk shahrida mehnat qilayotgan shahrixonlik yigitning fikrlari (uni “Daryo” muharriri Dilshod Sharipov yozib oldi). Uning iltimosiga ko‘ra, ismi-sharifi va uning shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilmadi, matn juz’iy tahrirlarga uchradi.

    Shahrixondanman, yoshim 30 da. Kollejni radiotexnika yo‘nalishi bo‘yicha tugatganman, institutda o‘qishga imkonim bo‘lmadi. Rossiyaga birinchi marta 2007-yili, qarindoshlarim bilan birga kelganman. Boshida til bo‘yicha muammolarim bor edi. Bu yerda ko‘p joylarda, har xil sharoitlarda ishladim. Masalan, Moskvada yo‘l qurilishda ishlaganman — u yerda shart-sharoit shunchaki “nol” edi.

    Ikki oydan beri Novosibirskdaman. Xonadonda ishlayman. Ish beruvchining ikkita ekskavatori bor, shunda ishlaymiz. Xonadon egasi ekskavator haydashim uchun meni o‘z hisobidan o‘qitmoqchi. O‘zim esa patent olish harakatidaman. Bu yerda oyiga 400—500 dollar ishlab topyapman. Ish beruvchim o‘z xonadonidan uch xona ajratib bergan. Sharoit Shahrixondagi uyimdan yaxshi — elektr, gaz bor.

    Sakkiz yil oldin Moskvadan O‘zbekistonga avtobusda qaytganman. Avtobusda besh sutka yurganmiz. Shu besh kun ichida faqat uch soat o‘rindiqda o‘tirish nasib etgan. Chap yelkam avtobus oynasiga tekkani holda uch soat uxlab qolibman. Shugina uch soat ichida yelkam va qo‘lim muzlab bo‘lgan. “Muzlaguncha bilmaganmisan?”, deyishingiz mumkin. Lekin uch kun uxlamagan odam o‘likdek qotib qolar ekan-da. Sovuq tushsa, yelkam o‘sha kunlarni eslatadi. Hozir faqat samolyotda uchyapman, jonimning qadriga yetmoqchiman. Oxirgi safar 1 million 600 ming so‘mga aviachipta oldim.

    Xudoga shukur, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixona va konsulliklariga ishim tushmagan. Lekin olti yil oldin sherigim pasportini yo‘qotib qo‘yganida, u bilan birga Moskvadagi konsullik idorasiga borganman. Sherigimning ishi hal bo‘lgan, ammo u yerdagilarning o‘z vatandoshlariga muomalasidan konsullikka borganimga tavba qilganman va shundan keyin ularning borligini his qilmay qo‘yganman. Ko‘chada gadoy yalinib sadaqa so‘raydi, unga bir past nazar bilan pul uzatasiz — konsullikda biz ham o‘sha lo‘lining ahvoliga tushganmiz, farqimiz — lo‘li bu yalingani uchun pul oladi, biz esa pul ham berganmiz.

    Rossiyada o‘zbeklar to‘lib toshib yotibdi, hamma ishda ishlashadi. Mana, kuni kecha — ko‘chaga chiqqandim, tashqarida minus 35 daraja sovuq. Shu sovuqda o‘zbeklar ishlayapti. Achindim. Juda ham achindim. Biz topayotgan pullar yo‘qotgan sog‘lig‘imizga arziydimi, deb achindim. Bu ahvolda ishlasak, 15—20 yildan keyin nima bo‘ladi? O‘zbekiston faqat nogironlar yo azadorlar mamlakati bo‘lib qolmaydimi?

    Hozir ko‘pchilik pul topmasa ham Rossiyaga kelyapti. Oddiy misol — 52 kishi yonib ketdi. Bir kuzating-chi, odamlar Qozog‘iston orqali o‘tadigan avtobuslarga chiqmay qo‘ydimikin, Rossiyaga bormay qo‘ydimikin? Sababi, bu yerda sal bo‘lsa-da sharoit — gaz va elektr bor, qorin esa to‘ysa bo‘ldi. O‘zingiz o‘ylang, uyingizda oddiy sharoit yetarli bo‘lsa, chetda yurarmidingiz?! Ota-ona, bola-chaqa, mahalla-ko‘ydan uzoqda yurish kimga ham yoqadi?! Bu yerda topayotgan daromadimning hech bo‘lmasa uchdan ikkisini O‘zbekistonda topolganimda, Rossiyaga kelib ham o‘tirmasdim. Menimcha, bu yerdagi pulimni O‘zbekistonda topish uchun kuniga 25 soat ishlash kerak.

    Bu yerga dekabrning boshida kelgan bo‘lsam, shundan beri O‘zbekiston bilan bog‘liq yangiliklarni kuzataman. Kunda bo‘lmasa ham, kunora Rossiyaning u yoki bu joyida o‘zbeklar vafot etgani haqida o‘qiyman. Savol tug‘iladi — o‘zbeklar nima uchun yashayapti? Itdek o‘lish yoki o‘ligi uzoq bir makonda hor bo‘lishi uchunmi? Sizu biz bilmagan yana qancha o‘lganlar bor. Xo‘p, ajali yetgan, deyishingiz mumkin, mayli, roziman, ammo tirik qolganlar-chi? Ular bu yerlarda masxara bo‘lib, ruhan ezilib, qanday ahvolga tushyapti?

    Kuzatsangiz, odamlarning hayotdan umidi qolmayapti. Yana bir masala — ruhan ezilgan yoki tug‘ilganiga pushaymon odam qanday qilib farzand tarbiyalaydi? Masalan, men — o‘zim shunchaki yashashimdan ma’no istadim, lekin ma’no topmadim. Uylanish uchun Rossiyaga keldim. Xudoga shukur, pul topib uylandim, farzandli ham bo‘ldim. Endi ularni boqish uchun yana Rossiyaga keldim. Ba’zida o‘ylayman — baribir ular bilan birga yashamas ekanman, nega uylandim? Nima uchun farzandli bo‘ldim? To‘g‘ri, 10—15 yildan keyin, kuchdan qolib, nogiron bo‘lib qolganimda ular menga qaraydi. Lekin qanday — yaxshi qaraydimi yo yomon — bunisini bilmadim. Har holda, farzandlarim menga yaxshi qarashi uchun ularga yaxshi tarbiya berishim kerak. Lekin men o‘zim uzoqda bo‘lsam, qanday qilib tarbiya beraman?

    Mavzuga doir:Muhojirlar hayoti. Vladivostokdagi farg‘onalik yigit: “Qaytgim kelyapti. Lekin O‘zbekistonda buncha pul topishim qiyin” (video)

    Mavzuga doir: Muhojirlar hayoti. Rossiyadagi namanganlik bog‘bon: “Rossiyada 13 yil davomida qilmagan ishim qolmadi. Hatto cho‘chqa ham boqqanman” (video)

    26.01.2018, 17:49   Izoh (0)   124102
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “Tramadol” va “Lirika” oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi

    26.01.2018, 17:06

    Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasi sobiq rahbarlari nega javobgarlikka tortildi?

    26.01.2018, 16:55

    Milliy universitetda islom akademiyasi ilmiy kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    26.01.2018, 16:43

    FVV chegaradan o‘tayotgan fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda

    26.01.2018, 16:32

    IIV O‘zbekistonda ob-havoning keskin sovishi munosabati bilan aholiga murojaatnoma yo‘lladi

    26.01.2018, 16:22

    Qibraylik 23 yoshli qizni Hindistonga fohishalikka yuborishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

    26.01.2018, 16:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.