Qirg‘iziston poytaxtida 15 kishi sovuq ob-havo qurboni bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

“Bishkekda yanvar oyida qahraton tufayli 15 kishi, asosan muqim yashash joyi bo‘lmagan odamlar hayotdan ko‘z yumdi. O‘tgan haftada 293 nafar shunday shaxs aniqlandi. Reydlardan so‘ng ular ijtimoiy boshpanalarga yuborilmoqda”, — deyiladi shahar IIB xabarida.

Meteorologlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda anomal sovuq ob-havo yanvar oxirigacha saqlanib qoladi. Bishkekda harorat 15 daraja sovuqni tashkil etdi, tog‘li hududlarda yaqin orada 45 darajagacha sovuq kutilmoqda.