Qozog‘iston IIV tergov departamenti tergov-tezkor guruhi tomonidan Aqto‘beda avtobus yonishi bilan bog‘liq jinoiy ish ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Aqto‘be viloyat prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Kazinform”

Tergov davomida yong‘inga haydovchilar tomonidan transport vositasidan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi, avtobus salonida kavshar lampadan foydalanilgani sabab bo‘lgani aniqlandi.

To‘plangan dalillar asosida mazkur jinoyatga avtobusning 3 nafar haydovchisi ham aloqador ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda ular qo‘lga olingan va Aqto‘be shahar IIB hibsxonasida saqlanmoqda.

Qozog‘iston Jinoiy kodeksining 345-moddasi, 4-qismi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergovning borishi Qozog‘iston bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi nazoratiga olingan.