Aqto‘beda fojiali tarzda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarga atab o‘tkazilayotgan xayriyada 220 million so‘mga yaqin mablag‘ yig‘ildi, deya ma’lum qildi bloger Xushnudbek Xudayberdiyev.

Foto: Facebook / Xushnudbek Xudayberdiyev

Uning yozishicha, tashkilotchilar xayriya doirasida ehsonlarni shunchaki pul ko‘rinishida bermasdan, maqsadli sarflashni rejalashtirmoqda.

Buni bloger quyidagicha tushuntirib bergan:

  • Masalan, kimdir farzandining kontraktini to‘lash uchun yo‘lga chiqqan bo‘lsa, o‘sha kontraktni to‘lab bermoqchimiz.
  • Kimdir bo‘ynidagi qarzini qaytarish uchun safarga chiqqan bo‘lsa, qarz qiyomatga qolmasligi uchun uni uzmoqchimiz (dalillar bo‘lganda albatta).
  • Kimdir oilasidagi biron yaqinini davolatish uchun yo‘lga chiqqan bo‘lsa, ehsonni dori-darmonga yo‘naltirmoqchimiz.
  • Agar safarga chiqishdan maqsad, moddiy ahvolini yaxshilash, ro‘zg‘orini tebratish bo‘lgan bo‘lsa, unda o‘sha oilada beva qolgan opa-singillarimizga kelgusida oz bo‘lsa-da rizq topa olishlari uchun moddiy ta’minot manbasini yaratmoqchimiz.
  • Bunda xonadonlarga ehtiyojlari va xohishlariga ko‘ra tikuv mashinasi, qoramol yoki parranda olib berish niyat qilinmoqda.
  • Chunki pulda jon yo‘q, 10 millionni bir pasda sarflab qo‘yish mumkin, ammo shuni maqsadli yo‘naltirsak yaxshi bo‘larmidi deb o‘ylayapmiz.
  • Buning uchun har bir hududdagi mas’ullar bilan bog‘landik. Ular bizga yordam berishmoqda.
  • Birgina misol, kosonsoylik 8 nafar marhumlarning 7 nafari oilali, bir nechta farzandlarning otalari ekan. Xususan, rahmatli Ahmadjon Zaripovning 6 nafar qiz farzandlari bo‘lib, to‘ng‘ichi 18 yosh, kichigi 7 yoshda ekan.
  • Kosonsoyda asosan oila boshliqlari vafot etganligini hisobga olib, ularning oilasiga, qizlariga tikuv mashinalari olib berishni reja qilyapmiz.

“Taklifingiz kerak, tikuv mashinaning qandayidan olsak ma’qul? Shu ish bilan shug‘ullanadigan saxiy tadbirkorlarimiz bo‘lsa, balki arzon narxda, chegirmalar bilan olishda yordam berishar? Va o‘zi ushbu ehsonlarni kelgusida ozgina bo‘lsa-da rizq kelib turishi uchun nimalarga sarflash mumkin?” — deya Facebook foydalanuvchilaridan taklif kiritishni so‘radi bloger.

Eslatib o‘tamiz:

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 3723 2663 (Aloqabank)

Karta Najmiddinov Bahriddin nomiga ochilgan.

Rossiya va MDHdagi yurtdoshlar quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin:

63900218 9070623784

Yusupov Ural Xujakulovich nomiga ochilgan (“Sberbank Maestro”)

Koreyadagi yurtdoshlar quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin:

1002-856-118459 Woori Bank (ATMdagi kodi 020)

Dadajonov Rakhimjon nomiga ochilgan

Xorijdagilar PayPal tizimi orqali quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin:

paypal.me/AbrorjonKodirov (abrorkodirov.uz@gmail.com)

Savollar tug‘ilganda Telegram va WhatsApp orqali +998946119998 (Xushnudbek) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.