23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatini Qatar terma jamoasi 3-o‘rinda yakunladi.
Bronza medallari uchun kechgan o‘yinda qatarlik futbolchilar Janubiy Koreyani taslim qildi — 1:0. O‘yindagi yagona gol 39-daqiqada Akrom Afif tomonidan urildi.
Yarim finalda Janubiy Koreya termasi O‘zbekistondan 1:4 hisobida yengilgan bo‘lsa, Vyetnam bilan 2:2 o‘ynagan Qatar penaltilar seriyasiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Ertaga — 27-yanvar kuni final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladigan bellashuvni Samarqand, Namangan va Toshkent shaharlaridagi katta ekranlarda tomosha qilish uchun O‘FA sharoit yaratib berishni va’da qilgan.
Izoh (0)