Primorye sohili Yapon dengizida bortida 21 kishi bo‘lgan “Vostok” baliq ovlovchi kemasi g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lum qilishicha, 25-yanvar tongida Gamova burnidan, taxminan, 200 kilometr janubda bo‘lgan kemada avariya radio signal uzatish tizimi ishga tushgan. “Vostok” bilan aloqaga chiqishga urinishlar natija bermagan.
Favqulodda vaziyat hududiga qirg‘oq mudofaasi kemasi va Favqulodda vaziyatlar xizmati Xabarovsk aviatsiya-qutqaruv markazi ikki vertolyoti yo‘naltirilgan. Qidiruv ishlari davomida ikki qutqaruv jileti va maishiy chiqindi topilgan.
Izoh (0)