Qozog‘istonning Akmola viloyatida Yekaterinburg—Olmaota trassasida buzilib qolgan avtobusdan 21 nafar Qirg‘iziston fuqarosi evakuatsiya qilindi, deb yozadi “Kazinform”. Shaharlararo avtobus Jalolobod—Perm—Moskva yo‘nalishida ketayotgan edi.
“Mahalliy ijro organlari va favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlari kuchi bilan yo‘lovchilar Astraxanka qishlog‘idagi 2-sonli maktabning isinish punktiga evakuatsiya qilindi. Ularning barchasi — Qirg‘iziston fuqarolari. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q”, — dedi Akmola viloyati favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot kotibi Nurbek Musin.
Evakuatsiya qilinganlarga yordam ko‘rsatildi, ular isinish punktlariga joylashtirildi.
Izoh (0)