Rossiyaning Novosibirsk shahridagi “Katta ayiq” savdo markazida bo‘lib o‘tgan va kvartira yutuq sifatida o‘ynalgan o‘yin g‘olibi boshlovchining tanishi bo‘lib chiqdi. Boshlovchi yutuq egasiga qo‘ng‘iroq qilganida, u boshlovchining ismini aytib, qo‘ng‘iroqqa javob bergan. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tashkilotchilarni yolg‘onchilikda ayblagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Savdo majmuasida 20-yanvarda xaridorlar o‘rtasida yutuqlar o‘yini bo‘lib o‘tgan. Yakunda marosim boshlovchisi Anton Sedov o‘z mobil telefoni orqali baland ovozda g‘olibga qo‘ng‘iroq qilgan. Butun zal g‘olibning “Salom, Anton”, degan javobini eshitgan.
Savdo majmuasi ma’muriyati o‘yin belgilangan tartibda, qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazilganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, Anton Sedov mashhur kishi va uning raqami ko‘pchilikda bo‘lishi tabiiy holdir.
Xabar qilinishicha, yutuq egasi bo‘lgan Roman Kolganov kasb yuzasidan haqiqatdan ham Anton Sedov bilan tanish bo‘lgan. Biroq Roman o‘yinda belgilangan tartibda ishtirok etganini, unda barcha cheklar va kuponlar borligini ma’lum qilgan. Savdo majmuasi ham buni tasdiqlagan.
Izoh (0)