22-yanvar kuni Vyetnam poytaxti Xanoyda korrupsiyada ayblangan ikki sobiq oliy martabali amaldorga hukm o‘qildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
PetroVietnam davlat neft-gaz korporatsiyasida yuqori mansablarni egallab kelgan Din La Tan umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. U shu paytgacha korrupsiya uchun bunday jazo olgan eng yuqori mansab egasi bo‘ldi.
U bilan birga neft kompaniyasining yana bir sobiq top-menejeri Chin Suan Txanga hukm o‘qildi. U PetroVietnam’ning qurilish bo‘linmasiga boshchilik qilgan. U ham umrbod qamoqda o‘tiradigan bo‘ldi.
Prokurorlarga ko‘ra, tilga olingan amaldorlar korrupsiya tufayli davlatga 5 million dollar zarar keltirgan.
Izoh (0)