“O‘zbekkino” Milliy agentligi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini taqdim etdi, unda barcha kinoteatrlarni davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida umumrespublika kinoprokat tarmog‘iga birlashtirish taklif qilinmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Prokat tarmog‘ini yangi “Respublika kinoprokat markazi” DUK negizida yaratish ko‘zda tutilmoqda, unga “O‘zbekkino” qaramog‘idagi kinoteatrlar majburiy, xususiylari esa ixtiyoriy tarzda qo‘shiladi.
“Respublika kinoprokat markazi” O‘zbekiston hududida filmlar prokatini amalga oshirish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ekspert xulosalarini beradi.
2019-yil 1-yanvardan kinoteatr va kinozallarda elektron kinochiptalar sotilishini joriy qilish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)