XXR mudofaa vazirligi AQShni sovuq urush yillaridan qolgan qarashlardan voz kechib, Xitoy siyosati hamda milliy xavfsizlik masalalariga xolis qarashga chaqirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Idora xabarnomasida aytilishicha, Xitoy tomoni Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyatni keskinlashtirishni istovchilar sifatida “boshqa davlatlar”ni tilga olgan. Bunday davlatlar “navigatsion erkinlik” bahonasida harbiy manyovrlar o‘tkazmoqda.
Oldinroq XXR TIV AQShning USS Hopper DDG-70 eskadrilya mina tashuvchisi Xitoy hududiy suvlariga kirganini ma’lum qilgan edi. 17-yanvar kuni kema Janubiy Xitoy dengizidagi Xuanyan orolidan 12 dengiz mili masofasida bo‘lib turgan.
Izoh (0)