Turkiya 20-yanvardan 21-yanvarga o‘tar tunda harbiy xizmatchilari va harbiy texnikasini Suriyaning Afrin tumani chegarasiga to‘plashni davom ettirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq Turkiya harbiylari ushbu hududda “Zaytun butog‘i” nomli operatsiya boshlanganini e’lon qilgan edi.
Operatsiya Afrinda o‘rnashgan kurd kuchlari — “Xalq mudofaasi kuchlari” va “Demokratik ittifoq” partiyasiga qarshi qaratilgan.
Izoh (0)