Rim papasi Fransisk Peruga tashrifi davomida korrupsiya muammosiga e’tibor qaratdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Korrupsiya Lotin Amerikasi xalqlari va demokratiyalari boshiga bitgan balo bo‘ldi. U ijtimoiy virus sifatida barchaga yuqib, qashshoqlarni eng jabrdiyda kishilarga aylantirishga xizmat qilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun jamiyatning barcha qatlamlari shaffofligiga erishish lozim”, — dedi Fransisk Limadagi prezident saroyida o‘tgan tantanali qabul marosimida.
Qayd etish joizki, marosimda korrupsiyada ayblanib, impichment jarayonidan qiyinchilik bilan qutulib qolgan mamlakat prezidenti Pedro Kuchinski ham ishtirok etdi.
Izoh (0)