Dog‘iston poytaxti Maxachqal’a meri Musa Musayev vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblanib, qo‘lga olindi va vaqtincha tutib turish hibsxonasiga joylashtirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Musayev Rossiya Federal xavfsizlik xizmati respublikadagi boshqarmasi Dog‘iston rahbari vazifasini bajaruvchi Vladimir Vasilyevning mahkamasi ko‘magida amalga oshirgan tekshiruv natijasida qo‘lga olingani bildirilmoqda.
Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, mer shaharda tadbirkorlarga yer ajratishda qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlikda gumon qilinmoqda. Unga 20-yanvar, shanba kuni ayblov e’lon qilinishi va qamoqqa olinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Dog‘iston sudi politsiyachini kaltaklagan Maxachqal’a merining o‘g‘li Badriddin Musayevga chiqarilgan oqlov hukmini bekor qilgandi.
Izoh (0)