Xitoy mezbonligida o‘tayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida yarim finalning ikkinchi ishtirokchisi nomi aniq bo‘ldi.
U23. O‘zbekistonlik futbolchilar Yaponiya termasini yirik hisobda taslim qilib, yarim finalga yo‘l oldi
Bu yo‘lda Falastinga qarshi saf tortgan qatarlik futbolchilar 3:2 hisobida zafar quchib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Chempionlik uchun da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan Qatar guruh bosqichidagi ketma-ket 3 ta turda ham raqiblaridan ustun kelgandi.Falastin bilan o‘yinda jamoaning to‘purar hujumchisi Almuaz Ali dublga erishdi. U Xitoy darvozasiga 2 ta gol urgan, O‘zbekistonga qarshi bellashuvda esa g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Shu tariqa Almuaz Ali 5 ta gol bilan Osiyo Chempionatida yaqqol to‘purar bo‘lib turibdi.
Bugun chorak finalning yana 2 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan 13:00 da Janubiy Koreya va Malayziya termalari maydonga chiqib keladi. Mazkur bellashuv g‘olibi yarim finalda O‘zbekiston termasiga raqib bo‘ladi. 16:30 da esa Iroq va Vyetnam termalari Qatarga raqib bo‘lish uchun kurash olib boradi.
Osiyo Chempionati U23 Chorak final 19-yanvar, juma
Izoh (0)