23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining yarim finaliga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi final ostonasida Janubiy Koreya bilan to‘qnash keladi.
Chorak finalda koreyalik futbolchilar Malayziya bilan to‘qnash kelib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Guruh bosqichida ular Suriya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Avstraliyani 3:2, Vyetnamni 2:1 hisobida taslim qilgandi.
Yarim final o‘yini 23-yanvar kuni Kunshan shahrida bo‘lib o‘tadi. Koreyalik futbolchilar aynan mana shu shaharda Malayziyadan ustun kelib, guruh bosqichini ham shu yerda o‘tkazganini qayd etish kerak.
Osiyo Chempionati U23 Chorak final 20-yanvar, shanba
Izoh (0)