Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “Jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar tashkil etildi, deb yozadi O‘zA.
“Vaqtincha ishsiz aholini jamoat ishlariga keng jalb etish, ularga haq to‘lash tizimi joriy etilgani joylarda bandlik masalasiga samarali yechim bo‘lmoqda. Ushbu tizim dastlab 2017-yilda Karmana tumanida tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilib, joriy yildan viloyat bo‘yicha tatbiq etilmoqda. Oxirgi uch oy davomida 3 ming fuqaro mazkur tizim asosida ish bilan ta’minlanib, ular uchun 3 milliard so‘mga yaqin mablag‘ oylik maosh sifatida berilgan”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Navoiy viloyatidan 17 ming fuqaro chet elga ishlash uchun ketgan, 23 ming kishi ishsiz.
Tadbir yakunida viloyat shahar va tuman bandlikka ko‘maklashish markazlariga Damas avtomashinalari kaliti topshirildi.
Izoh (0)