Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 52 kishi halok bo‘lgan fojiali avtobus halokatidan butun Germaniya chuqur qayg‘uda, deyiladi mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi Facebook’dagi sahifasida qoldirilgan xabarda.
Bu haqda Berlinda Germaniya tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Andreas Peshke aytib o‘tdi. U qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld ham 18-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Saidikrom Niyozxo‘jayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘z hamdardligini izhor etdi.
Izoh (0)