Qozog‘istonning barcha masjidlarida juma namozi avtobusda yonib ketgan O‘zbekiston fuqarolari xotirasiga bag‘ishlanadi, deb yozadi “Kazinform” Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasiga tayanib.
“Qozog‘iston oliy muftiysi Serikbay Hoji Oraz o‘zbekistonlik hamkasbiga Aqto‘be viloyatida avtobus yonib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarolarining fojiali tarzda halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik telegrammasini jo‘natdi”, — deyiladi diniy idora rasmiy xabarida.
Bundan tashqari, Qozog‘iston oliy muftiysi respublikaning barcha imomlariga telegramma yuborib, juma namozini avtobusda yonib ketgan o‘zbekistonlik qardoshlarga bag‘ishlashni so‘ragan.
Izoh (0)