Qozog‘iston AQSh mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha umumiy qiymati 2,5 milliard dollarlik shartnomalar imzoladi. Bu haqda Davlat departamenti saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Tashrif davomida ko‘p sonli tijorat shartnomalari va hujjatlar, jumladan, Boeing, GE Transportation, GE Digital, Chevron, Air Astana, ‘Qozog‘iston yo‘lovchi tashish’ kompaniyasi, SCAT aviakompaniyasi va ‘Samruk-Kazina’ Milliy farovonlik jamg‘armasi o‘rtasida 2,5 milliard dollardan ortiq summaga yangi kelishuvlar imzolandi”, — deyiladi rasmiy xabar matnida.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 18-yanvarga qadar AQShda bo‘ladi.
Avvalroq Nazarboyev Trampni Qozog‘istonga taklif qilganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)