Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimining asosiy ko‘rsatkichlari statistikasini keltirib o‘tdi. Unga ko‘ra, 2017/2018-o‘quv yili boshida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 297 689 talaba ta’lim olayotgan bo‘lgan. Ulardan 85 679 nafari 2017/2018-o‘quv yilida talabalikka qabul qilindi.
Talabalarning 27,1 foizi davlat grantlari asosida, 72,9 foizi shartnoma asosida ta’lim olmoqda. Bakalavriat bosqichida 288 471 nafar, magistratura bosqichida 9 218 nafar talaba o‘qimoqda.
Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat aholisi 32 653 900 kishini tashkil etishini ma’lum qilgandi. Demak, hozirda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar mamlakat aholisining 0,9 foizini tashkil etadi.
Izoh (0)