• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ustyurtdagi inshootlarni o‘zga sayyoraliklar barpo etganmi?

    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi “Ustyurtdagi inshootlarni o‘zga sayyoraliklar barpo etgan...mi?” sarlavhali maqola chop etdi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ilm-fanda “nayzasimon inshoot” termini bilan mashhur bo‘lgan Ustyurtdagi katta hajmdagi sirli inshootlar, ya’ni ajoyib ko‘rinishdagi qazilma joylar bugungi kungacha olimlarning turli fikr-mulohazalariga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni, mazkur qazilmalar nima maqsadda foydalanilgan, qachon qazilgan, juda katta hajmdagi bu obyektlarni qanday qazishgan va hokazo...

    Bu inshootlar fanda ov qilish maqsadida foydalanilgan inshoot sifatida qabul qilingan bo‘lsa ham, ba’zi olimlar bu suv to‘playdigan maxsus joy bo‘lgan, degan fikrni bildiradi.

    Sirli inshootlar qanday aniqlangan?
    Obyektlar dastlab 1952-yil taniqli olim Sergey Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi tomonidan aniqlangan. Ustyurt chinklari chetlarida ko‘plab uchraydigan, tosh plitalardan yig‘ilib, chuqur doira (halqa) qilib yasalgan, alohida o‘ziga mos mazkur inshootlarni S.Tolstov suv yig‘ish uchun emas, balki ov qilish maqsadida qurilgan, degan ilmiy taxminni ilgari surgan va shu fikr doirasida taniqli arxeolog-olim Vadim Yagodin maxsus ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Natijada, uzunligi 600—900 metr, eni 400—600 metr, chuqurligi 3 metrgacha qazilgan Ustyurtdagi bu sirli obyektlarning sayg‘oq, qulon, arxar, jayron kabi minglab to‘da-to‘da bo‘lib yuradigan yovvoyi tuyoqli hayvonlarni ommaviy tutish uchun qurilgan inshoot – aran ekanligi tasdiqlandi.

    Qo‘ng‘irot hududining madaniy esdaliklarini tadqiqot qilgan etnograf-olim Xojahmad Esberganov esa “bu esdaliklar qadimda ko‘chmanchilarning suv to‘plash uchun qurgan qurilishi bo‘lishi ehtimol” degan fikrni bildiradi. Tadqiqotchining fikricha, ichimlik suvi taqchil bo‘lgan Ustyurt ustida yomg‘ir va qor suvlarini yig‘ish uchun ko‘chmanchi qabilalar shunday qazilmalarni ishlashga majbur bo‘lgan.

    O‘tgan asrning 70—80-yillarida nayzasimon obyektlarning aniqlanishi dunyo miqyosida ko‘plab olimlar va ommaviy axborot vositalari e’tiborini jalb qildi. Obrazga berilgan ba’zi jurnalistlar va boshqa tadqiqotchilar bu nayzasimon inshootlarni “o‘zga sayyoraliklar tomonidan qurilgan” degan fantastik taxminlarni aytgan.

    O‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Tarix, til va adabiyot instituti tomonidan Ustyurt kengliklaridagi arxeologik obyektlarga maxsus tadqiqot ishlari olib borish boshlandi.

    Shu tadqiqotlar bo‘yicha olib borilgan kameral ishlar paytida Ustyurtning Sharqiy chinkida, Duvona buruni (Duvona buruni Mo‘ynoq tumani hududida, Nukus shahriga deyarli 500 kilometr masofadagi Orol dengizining g‘arb sohilida joylashgan)dan 7 kilometr shimolda olingan aerofotosyomkalardan bir necha o‘nlab kilometrga cho‘zilib ketgan nayzasimon obyektlarning katta qismi borligi aniqlanadi.

    Bunday kam uchraydigan esdalik avval hech bir arxeologik amaliyotda qayd qilinmagan.

    Mazkur inshoot odatda oddiy ko‘zga yoki avtomobilda o‘tib borayotgan yo‘lovchiga sezilmaydi. Sababi, katta hajmdagi obyektni odambo‘yi balandlikdan ko‘rish imkoni yo‘q va siz oyog‘ingiz tagida tarixi minglab yillarga taqaladigan ajoyib meros yotganini bilmay ustidan yuz marta o‘tib ketishingiz mumkin.

    Ayni paytda Ustyurtdagi bu esdaliklarni Internet tarmog‘idagi Google Earth dasturi yordamida xohlagan kishi bemalol ko‘ra oladi.

    Sirli inshootlarning soni nechta?
    O‘tgan asrlarning 70—90-yillarida arxeolog V.Yagodin rahbarligida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik tadqiqotlar natijasi bo‘yicha bunday nayzasimon qazilmalar guruhi Ustyurtning hamma joyida emas, balki ma’lum bir hududlarida uchrashi aniqlandi. V.Yagodin mazkur inshootlarni quyidagicha hududiy guruhlarga ajratadi:

    1. G‘arbiy Ustyurt guruhi (Duvona-1 va Duvona-2 kichik guruhlariga bo‘linadi);

    2. Aybuyir-Sariqamish guruhi (Bul guruh Aybuyir va Berniyoz-3, Qazg‘on va Sariqamish kichik guruhlariga bo‘linadi):

    3. Jorinquduq guruhi;

    4. Kendirlisor guruhi;

    5. Beyneu guruhi.

    Butun jahon bo‘yicha shunday tarixiy sirli manzaralarni tadqiqot qilishga ixtisoslashgan avstraliyalik olim Alison Betts, qoraqalpog‘istonlik arxeolog-olimlar Shamil Amirov va Vadim Yagodinlarning “Paleorient” ilmiy nashrida yoritilgan maqolasida O‘zbekiston va Qozog‘iston hududidagi Ustyurt kengligida shunday obyektlarning 17 guruhga bo‘lingan 126 tasi mavjudligi ta’kidlanadi.

    Nayzasimon inshootlarning Turkmaniston hududida ham mavjudligini ilmiy manbalar dalillaydi.

    Shunday ekan, Ustyurtdagi sirli suratlarning aniq soni qancha ekanligini aytish qiyin. Sababi, biz 2017-yilning sentabr oyida Qoraqalpog‘iston axborot agentligining tashabbusi bilan tashkil qilgan mediatur oldidan Orolga turistlarni olib borish bilan shug‘ullanadigan tadbirkor Tazabay Uteuliyev bilan birga Google Earth dasturi yordamida koordinatsiyalarni belgilash paytida Duvona burniga 20 kilometr janubda, 21 sonli radioreleyli stansiyaning g‘arbiy-sharqidagi chinkga qarab cho‘zilgan, avval ilm-fanga no’malum yana 3 ta obyektning mavjud ekanligini aniqlashga muyassar bo‘lgandik. Ahamiyatli tomoni shuki, mazkur topilgan obyektlar oldin hech bir ilmiy tadqiqotlarda e’tiborga olinmagan va bu nayzasimon inshootlar hajmi jihatdan boshqa obyektlarga nisbatan ancha kichik.

    Olimlar va shaxsiy qiziquvchilar Internet tarmog‘idagi shunday dasturlar yordamida yoki maxsus havo transporti va moslamalar (dron) yordamida fanga noma’lum yana boshqalarini topishi ham ehtimoldan yiroq emas.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Nayzasimon inshootlarning yoshi nechada?
    V.Yagodin nayzasimon qurilmalarning qurilishi va foydalanish davrini quyidagi davrlarga bo‘ladi:
    1. Miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarimi (mil. avv. V-II asrlar) – tekislikda dafn qilish madaniyati davri. Bu davrga tegishli esdaliklar Kaspiy atrofi, Uzboy, Ustyurtning barcha hududi va Manqishloq o‘lkasi bo‘ylab tarqalgan. Shu madaniyat Ustyurt va unga yaqin hududlar bo‘ylab mol chorvachiligi bilan shug‘ullanadigan ko‘chmanchi qabilalarga tegishlidir. Ko‘chmanchilar bu yerlarni yaylov va qishlov sifatida foydalangan. Bu davr, yunon tarixchisi Strabonning ta’biri bilan aytganda, buyuk tekislik egalari bo‘lgan massagetlar davri hisoblanadi.

    2) Milodiy III-IV asri – Sarmat-Alan davri.

    Duvona burunidagi nayzasimon inshootlarning yoshi yuqoridagi o‘sha ikki davrga to‘g‘ri keladi.

    3) VII davr boshlari IX davr – Jetiasar-Kerder davri. Bu davrga tegishli esdaliklar Ustyurtda keng tarqalgan.

    4) IX-XI davrlar - O‘g‘uzlar davri.

    5) XII-XVI davrlar – Turkman-Qipchoq davri.

    IX-XI va XII-XIV asrlardagi davrga asosan Aybuyir-Sariqamish, Kendirlisor guruhidagi esdaliklar kiradi.

    Bu inshootlardan nima maqsadda foydalanilgan?
    Ustyurtdagi nayzasimon inshootlarning nima maqsadda foydalanilganligi bo‘yicha aniq ma’lumotlarni tarixiy yozma manbalardangina bilib olish mumkin. Sababi, bu inshootlardan foydalanib ov qilgan ovchilarning o‘zi XX asrda qolmagan edi.
    V.Yagodin ham ilmiy tadqiqot ishlarida asosan 1825—1826-yillarda Orol-Kaspiy oralig‘idagi qirg‘iz (qozoq-qoraqalpoq — Ye.Q.) yerlariga uyushtirilgan F.F.Berg boshchiligidagi Rus ilmiy ekspeditsiyasi materiallariga asoslanadi.

    Ushbu ekspeditsiya tarkibi a’zolari V.D.Volxovskiy va A.O.Dyugamel tomonidan tuzilgan topografik jurnalda shunday qiziqarli faktlar keltirilgan: “Bu joyda (Ustyurtda – Ye.Q.) ajoyib yovvoyi hayvonlardan qulonlar, tarpanlar (yovvoyi otlar) va sayg‘oqlar bor. Sayg‘oqlarni tosh bilan qurshalgan qo‘raga haydab kirgizib, u yerda teran qilib qazilgan chuqurga tushirib ushlaydi”.

    Mazkur ekspeditsiya tarkibida bo‘lgan olim Eduard Eversman biroz qiziqarli va muhim ma’lumotlarni yozib qoldiradi: “Antilopalar bilan sayg‘oqlarni tutish uchun Ustyurtda qirg‘izlarning (qozoq va qoraqalpoqlarning – Ye.Q.) tosh devor bilan qurshalgan, uzunligi 300—400 odim, mahalliy holat bo‘yicha kengroq yoki torroq, balandligi 3—4 fut, kichkina tuynuk mavjud; uning yonida sakrab chiqib keta olmaydigan tosh bilan qurshalgan teran chuqur bor. Ovga chiqqan qirg‘iz (qozoq yoki qoraqalpoq – Ye.Q.) atrofdagi 10-15 chaqirim joyga ketadi va maralning ovoziga o‘xshatib sas chiqarib, hamma sayg‘oqlarni ertib olib keladi. Shu tariqa u sayg‘oqlarni tuynukdan katta qo‘raga kirgizadi, so‘ng boshqa chuqurga o‘tib ovoz berishni davom etadi; harakat boshlangandan buyon indamay yashirinib yotgan boshqa qirg‘iz (qozoq-qoraqalpoq – Ye.Q.) esa tuynukdan kiradi va baland ovozda hayqiradi. Hurkak hayvonlar kutilmagan sasdan birdan qo‘rqib ketib, qutilish anjomida chuqurga sakraydi va shu joyda tutiladi”.

    Tarixiy ma’lumotlardan ma’lum, mazkur ekspeditsiya aynan Duvona buruniga kelgan. Shu yilda qishning qattiq kelishi ekspeditsiyaning izga qaytishiga majbur qilgan. Ustyurtning izg‘irin, qahrli sovug‘ida ekspeditsiyaning ko‘p a’zolari 1500 ot-tuyasi bilan qirilib qoladi.

    Demak, nayzasimon inshootlar Ustyurtda istiqomat qiluvchi xalqlar tomonidan XIX asrgacha qo‘llanib kelingan.

    V.Yagodin o‘zining “Strelovidnaya planirovka Ustyurta” (Toshkent: 1991) ilmiy asarida Ustyurtda yashovchi ayrim eskining ko‘zini ko‘rgan qariyalar ota-bobolarining shunday usul bilan ov qilganligi haqida eslaganini yozadi. Informatorlarning ta’kidlashicha, bu inshoot nomi “aran” ekan. Aranning dumaloq chuquri burchaklariga uchli qilib kesilgan qamish qotirilgan. Aranning atrofida bir necha maxsus chuqurlar bo‘lgan. Bu chuqurlarda ovchilar yashiringan. Ovda 30—40 otliq ovchilar qatnashgan. Hayvonlar aranning ichiga aldanib kirib qoladi va shu yerda ushlanadi. Ov qilish kuz mavsumida o‘tkazilgan.

    Olimning fikricha, “Aran” so‘zi qoraqalpoqlarning Keneges arisidagi aranchi urug‘i bilan bog‘liq. Aranchi Kenegeslar o‘z davrida ovchi qabila bo‘lib, ya’ni aran qurish orqali ov qilgan bo‘lishi mumkin.

    Berdaqning “Shejire” asarida esa:

    Cho‘llarda kezar jayrani,Jayranga qurgan arani,

    degan satrlar aranning ov qilish inshooti ekanligini yanada tasdiqlaydi. Shuningdek, qoraqalpoq dostonlarida “Og‘zini arandek ochadi”, “Og‘zi arandek ochilgan” kabi qiyoslashlar ham uchrashadi.

    Aran – eski turkiy so‘z bo‘lib, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘at-it turk” asarida ham bor, ya’ni, mol qo‘ra, ot qo‘ra ma’nosini anglatadi.

    XVIII asrning belgili tarixchisi Abulg‘ozi Bahodirxon “Turkmanlar shajarasi” asarida turkmanning qora-o‘yli va ersari qabilalari o‘rtasidagi kelishuv haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltiradi: “Shu payt qora-o‘yli gado bo‘ldi. Shu sababga ko‘ra ularning hammasi Xalilning boshchiligida ersari qabilasining atoqli odamlariga bordi va shunday dedi: “Biz sizlarning xizmatchilaringiz bo‘ldik. Biz nihoyatda och bo‘ldik va ozib-to‘zdik. Bizning iltimosimiz quyidagicha: Agar siz bizga qush va Katta Balxandan va Kichik Balxandan ekin o‘stirish uchun yaroqli suv bersangiz, sizga har yili xohlagan narsangizni beramiz…” Ersarining eng yaxshi odamlari yig‘ilib, javob berdi: “Bizning bobomiz Ersari biy sotib olgan Katta Balxanda 6 ta oqar suv ko‘zi bor, lochinning 10 ta uyasi, qarchig‘ayning 18 ta uyasi bor, Kichik Balxanda esa — lochinning 4 ta, qarchig‘ayning 6ta uyasi bor. Shu suv ko‘zidan foydalanib qancha don olsangiz ham, yarmini bizga berasiz. Yana aran qurish uchun ikki ming qamish berasiz”.

    Aranni ko‘chmanchi xalqlarning ov qilish uchun qurganligini ushbu manbalar yanada tasdiqlaydi.

    Tarix sirlari sayyohlik rivoji uchun xizmat qilsin
    Ustyurt uzoq asrlar davomida sak-massagetlar, sarmatlar va mo‘g‘ullarning, hattoki ulardan ham qadimiy xalqlarning tamaddunlari tutashgan makon sanaladi. Necha asrlar bo‘yi bepoyon kengliklardan buyuk karvonlar o‘tgan. Ustyurtdagi eski karvon yo‘llari Sharq bilan G‘arbni tutashtiruvchi tranzit xizmatini bajargan. Platodan o‘tgan karvonlar Xorazmdan Quyi Volgabo‘yi va Janubiy-g‘arbiy Yevropa davlatlariga hamda u tomonlardan bermon tovarlar tashigan. Shunday qilib madaniy, savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlangan.

    Aranlarda minglab ushlangan tuyoqli yovvoyi hayvonlarning go‘shti, terisi, shoxlari tovar almashish vazifasini o‘tab, Buyuk Ustyurt ustidan o‘tgan ushbu savdo yo‘llari orqali Xiva, Buxoro, Samarqandga, hattoki Xitoygacha jo‘natilib turgan.

    2017-yilning sentabr oyida Duvona buruniga uyushtirilgan mediaturning asosiy maqsadi – ushbu aranlarni dron uskunasi yordamida tasvirga olib, turizmni rivojlantirish maqsadida keng ommaga targ‘ib qilish edi.

    Ustyurtda bu kabi ajablanarli esdaliklar borligini bugungi kunda birov bilsa, birov bilmaydi. O‘tgan asrning 80-yillarida ommaviy axborot vositalarida bu haqida keng yoritilgan bo‘lsa ham, endi uni hozirgi yangi avlod vakillariga tanishtirish zarur. Ko‘pchilik hollarda shunga uxshash ajoyib ilmiy yangiliklar faqat olimlarning ilmiy asarlaridagina qolib ketmoqda. Undan faqat cheklangan tor doiradagi odamlargina boxabar bo‘ladi, tamom vassalom. Afsuski, bunday ilmiy yangiliklar ilmiy-ommabop tilda talabga monand tashviq qilinmayabti…

    Darhaqiqat, Perudagi Naska suratlariga o‘xshash, 2500 yillik tarixga ega bu kabi sirli inshootlar kimni bo‘lsa ham cheksiz ta’sirlarga ko‘mib tashlashi aniq.

    Yaqinda O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi xodimi, olim Yusup Kamalov deltaplan yordamida ushu nayzasimon obyektlarga sayohat etishni taklif qilgandi. Qo‘llab-quvvatlashga turarlik tashabbus. Orol akvatoriyasi, Ustyurt platosi g‘oyat ajablanarli manzaralarga to‘la. Minglab yillar davomida ota-bobolarimiz, qadimiy ko‘chmanchilar qoldirgan iz bilan sayohat qilish esa undan ham zavqlidir.

    Platoning deyarli barcha joylarida qadimiy maqbara va qabristonlarni uchratish mumkin. Xususan, Ustyurt chinklarini yoqalab yurgan yo‘lovchi har bir qadamda tepalikka qo‘yilgan ko‘chmanchilar qabristonlariga duch keladi. Ularda marhumlarga qo‘yilgan qulfitoshlar, toshga bitilgan tamg‘alar hanuzgacha yaxshi saqlangan.

    Bu hududni tarixiy qo‘riqxona deyish ham mumkin. Ustyurtning eng e’tiborli joylari – uning arxeologik meroslari. Ustyurtda hozirgi kunda ham Puljay, Beleuli, Alan, Davkesken va shu kabi qadimiy va o‘rta asrlarga tegishli karvon saraylar, qal’a-qo‘rg‘onlar saqlanib qolgan. Insoniyat oyog‘i yetishi ancha mushkul bo‘lgani bois, bu esdaliklarning aksariyati hanuzgacha to‘laligicha tadqiq qilinmagan.

    Betakror esdaliklari bilan tarix sirlarini ichiga saqlayotgan Duvona buruni esa sayyohlarni kutmoqda.

    Tan olish kerak, Duvona buruniga bir borgan kishi Mars sayyorasiga tushib qolgandek his qiladi o‘zini. Demak, Ustyurtdagi nayzasimon bu inshootlar sayyohlikni rivojlantirish sohasida yechimini kutayotgan ahamiyatli masalalardan sanaladi.

    Yuqorida qayd etgan Perudagi Naska suratlari YuNESKOning madaniy meroslari ro‘yxatiga kiritilgan va bu esdaliklarni tomosha qilish uchun har yili ming-minglab turistlar oqiladi. Ustyurt aranlarining bu esdalik-suratlardan hech kam joyi yo‘q. Biz ham mazkur yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirsak nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

    Yesimqan Qanaatov,
    Qoraqalpog‘iston axborot agentligi direktori

    16.01.2018, 09:03   Izoh (0)   29571
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qulay xizmatlar — turizm rivoji uchun

    16.01.2018, 09:00

    Asia Alliance Bank va GlobUz bankomatda valyuta ayirboshlashni ishga tushirdi

    16.01.2018, 08:46

    Rasman tasdiqlangan adolatsizlik yoki fan olimpiadalari qanday o‘tkazilmoqda?

    16.01.2018, 08:30

    Farg‘ona IIB qoshida kutubxona ochildi

    15.01.2018, 23:20

    Shayxontohurda yonida marixuana olib yurgan shaxs qo‘lga olindi

    15.01.2018, 22:54

    Chilonzorda firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    15.01.2018, 22:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston tog‘li hududlarida yana sel xavfi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 12:30

    Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonda rasmiy kutib olindi (foto)

    O‘zbekiston | 9 iyun, 12:00

    Dunyodagi eng boy inson Jeff Bezos va Loren Sanchesning nikoh marosimi bo‘lib o‘tishi kutilayotgan 5 hashamatli mehmonxona

    Layfstayl | 9 iyun, 11:38

    Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 11:18

    Xitoy kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda jamoat transportini yangilashga yordam beradi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 11:09

    Tom Kruz yonayotgan parashyut bilan 16 marta sakrab, jahon rekordini o‘rnatdi

    Kino | 9 iyun, 11:04

    FIDE reytingi. Karlsen yetakchi, Abdusattorov 6-o‘rin, Sindorov esa 29-pog‘onadan joy oldi

    Sport | 9 iyun, 10:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.